Get Mystery Box with random crypto!

Gar musavvir bòlib qolsam men, Suvratingiz chizardim Ona. Siz | Sevgi She'rlari

Gar musavvir bòlib qolsam men,
Suvratingiz chizardim Ona.
Siz bosgan har izlaringizni,
Gullar bilan bezardim Ona.

Sochar edim quyosh nurlarin,
Hiralashgan kòzingiz tomon.
Oydan olar edim parchalar,
Oy shulasin sochgan shu zamon.

Chizar edim umr yòlingiz,
Mashaqqatu , zahmatlarini.
Oppoq rangga bòyar edimda,
Qadoq qòllar mehnatlarini.

Yuzingizga bir kulgich,
Qòyar edim ataylab.
Sòng zarhal harflarla,
Yozar edim avaylab...

BU MENING ONAM!!!

BAXTIYOR... MIRZO.
MUMTOZ.

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj