Get Mystery Box with random crypto!

Kuz faslining ilk jumasi muborak boʻlsin! Juma tongi otdi jum | Sevgi She'rlari

Kuz faslining ilk jumasi muborak boʻlsin!

Juma tongi otdi juma muborak

Yana bir tong otdi ahli olamga
Sayyidul ayyomdan bildirib darak
Rahmat nuri yog‘ib barcha odamga
Juma tongi otdi juma muborak

O‘zbek ahli barcha mening yurtdoshim
Akam ukam mening jigar qondoshim
Ahli musulmonlar barcha dindoshim
Juma tongi otdi juma muborak

Barchangizga deyman salom assalom
Rabbim bizga jannat aylasin in'om
Men sizlarga tilayman ezgu so‘z kalom
Juma tongi otdi juma muborak

Masjiddan yangradi azon ovozi
Bu dunyo o‘tkinchi tosh-u tarozi
Bizni kutar bugun juma nomozi
Juma tongi otdi juma muborak

Allohim zikridan qolmaganlarga
Nomoz o‘qib sira tolmaganlarga
Shaytonning gapini olmaganlarga
Juma tongi otdi juma muborak

Tongdan namoz o‘qib erta to‘rganlar
Yaqinlarin yo‘qlab holin so‘rganlar
Allohni sevganlar, yaxshi ko‘rganlar
Juma tongi otdi juma muborak

Bu kunga yetganlar yetmaganlar bor
Ibodatlar qilsak bo‘lmaymiz hech xor
Muslim muslimaga Rabbim o‘zi yor
Juma tongi otdi juma muborak

T.me/Sherlari_Sevgi