Get Mystery Box with random crypto!

​​ Ayoldan soʻrashibdi Dunyoda nima kerak senga aytgin desala | Sevgi She'rlari

​​ Ayoldan soʻrashibdi

Dunyoda nima kerak senga aytgin desalar?

Bir oddiygina yogʻochdan yasalgan kulba boʻlsa, ichida farzandlarim, turmush oʻrtogʻim bilan hayot quvonchlarini birga koʻrsak bas. Shuni oʻzi menga baxt boshqa hech narsa kerak emas. debdi.

Boylik, tilla taqinchoqlar senga kerakmasmi deyishganda javob berdi Ular bugun qoʻlda boʻlsa, ertaga yoʻq, baxt, farzandlarim, yorim esa har doim yonimda boʻladi. Xatto qabrga ketsam ham ruhim ham ular bilan boʻladi degan ekan...

Mayliga ayolni oʻramang zarga,
Uning uchun qurmang goʻzal Tojmahal,
Oltin ostonali qasrdan koʻra,
Ayolga muruvvat... eʼtibor afzal!

Ayolni yurakdan seving ardoqlang,
Avaylang koʻzingiz gavhari kabi,
Parvarish qilsangiz nozik gul misol,
Hamisha yashnaydi bahor singari!

Mehringiz ayamang koʻkka koʻtaring,
Baxtdan sarmast boʻlib aylansin boshi,
Sira ham qalbiga bermangiz ozor,
Yuzlarin yuvmasin achchiq koʻz yoshi!

Muhabbatin aslo toptamang hargiz,
Har qanday ayol misoli nargiz....

T.me/Sherlari_Sevgi