Get Mystery Box with random crypto!

Meni so'radingmi.? Meni so'radingmi ? sog'indingmi sen ? Tu | Sevgi She'rlari

Meni so'radingmi.?

Meni so'radingmi ? sog'indingmi sen ?
Tunlar mening kabi bo'zlab chiqdingmi
Meningdek ishqingla ovundingmi sen
Sen ham oyna aksingga s'ozlab chiqdingmi ?

Meni so'roqlading ? boisi nima
Yo bilmoq yokida ko'rmoq istading
Sevaman, men seni sendan ozgina
Men atay sevmadim, sevgim qistading

Meni so'radingmi ? sababin so'zla
Joningmanmi seni, sevgilingmanmi ?
"Yakkam" deb qoldirding meni o'z o'zla
Bog'boni sen bo'lmas bir gulingmanmi ?

Meni so'roqlading ? nega va nega ?
Senga kerakmanmi, bir bora aytgin
Har doim mag'lubman, sen g'olib : ega
Zarra qadrim bo'lsa, yonimga qaytgin

Meni so'radingmi ?  tentagim, telbam
Naxot, senga qiziq mening ahvolim
Ranjitarsan mudom, sen hursand qilma
Yana ketishingga yetmas madorim

So'radingku meni, demak sevasan
O'zni ishontirib, kutyapman intiq
Sog'inchim yetaklar, bir kun kelasan
Bor budingni menga qilasan tortiq..


Meni so'radingmi..
sog'ingandursan..


#oftobim

T.me/Sherlari_Sevgi