Get Mystery Box with random crypto!

Yaratamiz, yaratuvchin unutdik goʻyo Shukr qilmay bor yoʻgʻiga | Sevgi She'rlari

Yaratamiz, yaratuvchin unutdik goʻyo
Shukr qilmay bor yoʻgʻiga, orzular roʻyo.
Xayollar keng, shu kenglikda tor bizga dunyo.
Tugʻuldik, demak bir kuni oʻlmogʻimiz bor.
Tuproq edik, yana tuproq boʻlmogʻimiz bor.

Hayot tashvishlarin deya, nolib ketganlar.
Savob qolib gunohlarga, borib yetganlar.
Musulmonman deya, iymonin unutganlar.
Tugʻuldik, demak bir kuni oʻlmogʻimiz bor.
Tuproq edik, yana tuproq boʻlmogʻimiz bor.

Oxiri borarimiz, shudir azal mozor.
Kimlarchundir bu dunyosi, bir koʻhna bozor.
Men kimlarga zorman-u, mendan kimlar bezor.
Tugʻuldik, demak bir kuni oʻlmogʻimiz bor.
Tuproq edik, yana tuproq boʻlmogʻimiz bor.

Jannatlarni koʻzlamangda, gʻofillar ahli.
Moʻmin, musulmonlar uchundir, e'zozlar taxti.
Kimlar uchun bu hayot, Alloh bergan baxti
Tugʻuldik, demak bir kuni oʻlmogʻimiz bor.
Tuproq edik, yana tuproq boʻlmogʻimiz bor.

Qarshiyeva Farangiz.


T.me/Sherlari_Sevgi