Get Mystery Box with random crypto!

Umidlar so'nmoqda... Kunlar ham o'tmoqda bir-birin quvib, Xam | She'rlar Sahifasi 📚| Rasmiy

Umidlar so'nmoqda...

Kunlar ham o'tmoqda bir-birin quvib,
Xamon yashayapman, o'lmadim qarang.
Ko'zyoshlar oqmoqda yuzlarim yuvib,
Siz ketgach yiqildim, turdim so'ng arang.
Sevib adashdim deb o'ylarsiz.. mayli,
Ammo qandayligim bilib sevgansiz!
Ha, to'g'ri.. qaysarman, bo'lmasman layli,
Tan oling, barini bilib kelgansiz!
Mana endi dilda umid so'nmoqda,
Qurib bitti xatto aytilgan so'zlar.
Endi xammasiga yurak ko'nmoqda,
Vaqt o'tib, izlamay qo'yadi ko'zlar.
Sizga bu misralar yoqmas extimol,
Mayli xoxlasangiz o'qimang aslo.
Lekin bu so'zlarim kelmasin malol,
Sizni panohida asrasin Hudo!

By Sabina

Obuna bo'ling @Sherlar_Sahifasi