Get Mystery Box with random crypto!

DARDINGIZNI BERING ONA Necha kunki qalbimda tugʻyon, Koʻz yo | SHE’RLAR OLAMI🤩

DARDINGIZNI BERING ONA

Necha kunki qalbimda tugʻyon,
Koʻz yoshlarim tizildi -marjon,
Dardingizga darmon boʻlay men,
Dardingizni bering onajon.

Mayli totmay shodlik taʼmini,
Oʻchirmang hech xayot shamini,
Mening umrim oling yarmini,
Dardingizni bering onajon.

Bardoshingiz togʻdek bilaman,
Mehringiz bir bogʻdek bilaman,
Sizsiz baxtni nima qilaman,
Dardingizni bering onajon.

Sizsiz mening yoz, bohorim yoʻq,
Nomusim yoʻq, dilda orim yoʻq,
Sizdan boshqa hokisorim yoʻq,
Dardingizni bering onajon.

Orom olsin bir zum koʻnglingiz,
Bolam deya yashab soʻldingiz,
Endi siz deb kuysin oʻgʻlingiz,
Dardingizni bering onajon.

Poyingizga choʻkayin men tiz,
Umrlarim oʻtmasin beiz,
Jannatimsiz dunyolarda siz,
Dardingizni bering onajon.

Xurshid Karim

@sherlar_olami_uzb obuna boling
@sherlar_olami_uzb obuna boling
@sherlar_olami_uzb obuna boling