Get Mystery Box with random crypto!

ONAM MENING Jannatim, durdonam mening, Qoshimda parvonam men | SHE’RLAR OLAMI🤩

ONAM MENING

Jannatim, durdonam mening,
Qoshimda parvonam mening,
Nurjahonim, qiblagohim,
ONAM MENING.

Koʻzlarida ziyosi bor,
Qalbda mehr daryosi bor,
Doim ezgu duosi bor,
ONAM MENING.

Hokisor, beozorginam,
Hasta boʻlsam, bemorginam,
Uyqusi yoʻq bedorginam,
ONAM MENING.

Hech kimsaga oʻxshamagan,
Banda dilin gʻashlamagan,
Oʻzi uchun yashamagan,
ONAM MENING.

Mehribonim, suyukkinam,
Yurak bagʻri kuyukkinam,
Ojizgina-buyukkinam,
ONAM MENING.

Yoʻllarimda bedor-u,zor,
Koʻzda sogʻinch yoshlari bor,
Mendek bagʻritoshlari bor,
ONAM MENING.

Ziyokorim ziyolarda,
Rosti borim roʻyolarda,
Jannatim bu dunyolarda,
ONAM MENING.

Xurshid Karim


Yaqinlaringizga ulashing, obuna boʻlishni unutmang.

https://t.me/+gE7b4MEHkOU0ZWRi
https://t.me/+gE7b4MEHkOU0ZWRi
https://t.me/+gE7b4MEHkOU0ZWRi

@sherlar_olami_uzb obuna boling
@sherlar_olami_uzb obuna boling
@sherlar_olami_uzb obuna boling