Get Mystery Box with random crypto!

DADASI

Telegram kanalining logotibi sherlar_olami_n1 — DADASI D
Telegram kanalining logotibi sherlar_olami_n1 — DADASI
Kanal manzili: @sherlar_olami_n1
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4
Kanalning ta’rifi

KANALIMZGA HUSH KELIBSZ🤩
BU KANALDA SHERLAR TASHLANADI🤓
Kanalimzdan uzoqlashmang😊
17.09.2022 kanal oz foaliyatini boshladi🥳🎉
Admin 👨‍💼 @Almasbek07
REKLAMA UCHUN
@Almasbek07

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-10-27 04:55:43
Тонг отар, бошланар яна янги кун,
Ҳаёт зарварағин очаман хушҳол.
Кечадан яхшироқ ўтади бугун
Орзу -умид билан сураман хаёл.

Шукрона айтаман ўтган кунимга
Эгилса саждада эгилди бошим.
Нурли кунларимга, қаро тунимга
Аллоҳим қўллади, етди бардошим.

Кул деди, табассум айлади ҳамроҳ,
Кўз ёшинг кўрсатма ғанимга асло.
Бекам яратгансан -Алҳамдулиллоҳ !
Бандангни бунчалар сийлайсан, Худо?

Минг шукр, тонгларда айтиб хуш калом
Сен сабаб мен яна шеърлар битаман.
Сенга ҳамдлар айтиб, салавот, салом,
Мухлисларга янги шеърим тутаман.

Насиба Дилроз.27.10.22
1.0K viewsMuslima, 01:55
Ochish/sharhlash
2022-10-26 07:52:40 ​​​​Ayol tugʻildi:
Oʻgʻil emas “Qiz” dedilar xomush,
Nega xomush?… Otasi Oʻgʻil kutganmush!!!


Ayol ulgʻaydi:
Uyda oʻtir oʻqishing shartmas
Uydagi yumushni eplay olgin bas!!!


Ayol sevdi:
Unutma sevishga xaqqing yoʻq aslo!!!
Ayolda yurak yuq qalbi yoʻq goʻyo….


Ayol turmush qurdi:
Kelinsan gapirma endi boʻl soqov
Soching supurgi boʻlsin, qullaring kosov!!!


Ayol farzand koʻrdi:
Mana senga farzand nomli baxt endi oʻzingni unutgin….. unga yarat taxt!!!

Ayol qaynona boʻldi:
Aralashmang yuring jim....
Arazlab ketmasin sevgan xotinim!!!


Ayol oʻldi:
Dedilar: nega tashlab ketdingiz Nega ortda qolganni koʻzin yoshlab ketdingiz.

Ayolni xaqqi yoʻq:
Oʻqishga, sevishga , oʻzin deyishga xatto ajal yetganda bir kun oʻlishga....
1.5K viewsMuslima, 04:52
Ochish/sharhlash
2022-10-25 13:53:11
#tezkor

Yurtimizda quyosh tutilishi boshlandi.

Quyosh tutilishini Svarka ximoya ochkisida,  toza oynani qoraqog‘oz tutini bilan koraytirish orqali yoki  to‘q qora ochkida kuzating

Xabarni tarqating,  do‘stlar xam noyob xodisani guvoxi bo‘lishsin
1.1K views𝓐𝓵𝓶𝓪𝓼𝓫𝓮𝓴, 10:53
Ochish/sharhlash
2022-10-25 07:18:42
Нақадар гўзалдир она табиат..
Тунда юлдузлари бўйнида маржон.
Тонглар уйғонаман дилда хуш ният..
Кўзимга ўзгача кўринар осмон.

Қаро тун чекинар, юлдузлар сўнар...
Гўё либосини алмаштирар қиш.
Юрган йўлларимдан турфа гул унар..
Баъзан шу жуссамда минг битта ташвиш.

Шукроналик ҳисси уради туғён..
Алҳамдулиллоҳ..деб тонгни кутаман.
Яна бир гўзал кун бўлмоқда меҳмон..
Яна янги шеърим сизга тутаман.

Яна илинаман сокин ҳисларим..
Яшириниб олган гўзал қалбимни.
Менга Аллоҳ берган чин мухлисларим..
Сизла бўлишаман қувонч, дардимни.

Сизлар бор юрагим титроқларини...
Мисраларга тўкиб битаман шеърлар.
Умидим бор ҳали гўзал кунлардан...
Ахир, интилганга толеъ ёр..дерлар.

Насиба Дилроз.
1.3K viewsMuslima, 04:18
Ochish/sharhlash
2022-10-24 17:03:21 ****
Bizni uchrashtirgan o'sha aftobus, Sevgi bekatida to'xtamas ekan.
Bizni-chi, kelgandi axir tushkimiz-,
Yuraklarni otdik oynadan...

Boshqa uchratmadi yo'llarimizni, Bizni uchrashtirgan o'sha aftobus.
Ming afsus yiqilib halok bo'libti, Oynadan otilgan yuraklarimiz...!.


Sodiq_Yo'ldoshev_ 2022

@sherlar_olami_n1
1.6K views𝓐𝓵𝓶𝓪𝓼𝓫𝓮𝓴, 14:03
Ochish/sharhlash
2022-10-24 08:39:28
Тун бўйи тарновлар куйлади қўшиқ..
Томчилар овози дилга хуш ёқди.
Сизга салом йўллай меҳримни қўшиб..
Яна бир ёмғирли тонг эшик қоқди.

Ёмғирли тонг отар бир куй таралар...
Чак -чак томчиларнинг ёқар овози.
Осмоннинг йиғлаши қалбим яралар..
Қовоқ ўйиб боқар, дилхун, норози.

Соябон остида кузатаман жим..
Сокинлик чулғаган борлиқни гўё.
Қовоғингни солма осмон, ўтинчим..
Кўз ёшингни артгин- ўткинчи дунё.

Тун бўйи эзилиб йиғладинг,етар..
Тарнов овозидан куйлар таралди.
Йиғлаб боқишларинг ҳузур бахш этар..
Қайлардадир йиғлаб инсон яралди.

Насиба Дилроз.
1.7K viewsMuslima, 05:39
Ochish/sharhlash
2022-10-23 16:05:35 MALOLMIDI? BITTA QO'NG'IROQ...

Sog'indingmi sen ham ayt meni
Hayolimda faqat shu so'roq.
Unutolmay yonaman seni,
Malolmidi bitta qo'ng'iroq.

Unitish chun og'riqlaringni,
Shu boisdan ketdingmi yiroq.
Meni holim hech o'yladingmi,
Malolmidi bitta qo'ng'iroq.

"Baxtli bo'lgin" degan o'sha so'z,
Jon-jonimdan o'tgandi biroq.
Seni sevar bu ko'ngil hanuz,
Malolmidi bitta qo'ng'iroq.

Sog'misan deb bir eslab qo'ysang
Balki chekinarmidi firoq
So'rasangda holimni bilsang,
Qilsang edi bitta qo'ng'iroq.

Omon bo'lgin qayerda bo'lma
Ko'z o'nggimda yokida yiroq.
Seni sevishimni unutma,
Bir eslab qo'y, qilib qo'ng'iroq.

MUNISA ARG'UVON
03.09.2022.

@sherlar_olami_n1
1.6K views𝓐𝓵𝓶𝓪𝓼𝓫𝓮𝓴, 13:05
Ochish/sharhlash
2022-10-23 12:43:45 YEVROPAGA HAVAS QILMA...


Yarashmaydi, senga ózbek,
Sen gʻururi balandsan bek,
Orzu qilmay yuraver tek
Yevropaga havas qilma.

Yigit bólgin, alpdayin mard,
Soching bóyab, qóndirma gard.
Aldab ketib bólma nomard
Yevropaga havas qilma.

Uzun soching husning ochar,
Chet qizidan hayo qochar.
Ózbek baxtga yólak ochar,
Yevropaga havas qilma.

Tóyda borin sochish shartmas
Kelin óynar, u uyatmas.
Tóxta,yetar deya aytmas
Yevropaga havas qilma.

Qól ushlashib yigit qizlar,
Jaholatga ketib sizlar.
Qolsin ortda yaxshi izlar
Yevropaga havas qilma.

Kóylaklar ham jim jimador
Kiysa uyat, juda ham tor.
Er yigitlar qilinglar or
Yevropaga havas qilma.

Zamon zayli dema faqat,
Havasdasan shu haqiqat.
Olqish olgin, desin rahmat,
Yevropaga havas qilma.

Har joyda bor tosh tarozi
Senga tushmas, chetning sozi.
Faqat bólsin barcha rozi
Yevropaga havas qilma.

Ular senga qilsin havas,
Intilmagin róyoga bas.
Shukur degin,bólma nokas
Yevropaga havas qilma.

Olgʻa tashla shaxdam qadam
Ular kuysin, qilsin alam.
Desin, ózbek eng zór odam
Yevropaga havas qilma.

Yevropa eng zóri deya,
Yuragimni boshqa tilma.
Mening yurtim jannatmakon
Yevropaga havas qilma.

IRODAXON QOSIMOVA.
17.10.2022.  21:20.


@sherlar_olami_n1
1.6K views𝓐𝓵𝓶𝓪𝓼𝓫𝓮𝓴, 09:43
Ochish/sharhlash
2022-10-23 08:01:08 КУМУШХОННИНГ КИНОЯСИ...

Узуримиз қабул қилинг, энди бегим ,
Бир озгина захримизни санчиб қўйдик.
Сизни қумсаб, дунёларга сиғмаган чоғ
Беозор бу қалбингизни, янчиб қўйдик.


Айб қилмангиз, сўзлаб қўйдик аччиқ сўзни,
Бир оз сизга, эркаликлар қилиб қўйдик.
Ўзимиздан кўра, яқин олиб сизни
Киноялар ила бағриз, тилиб қўйдик.


Сукут сақлаб, жим турмангиз қийнаб бизни,
Аччиқ сўзлаб, ғазабингиз тўкиб олинг
Кумушдан ўч олиб, майли Зайнабхоннинг
Қўлин тутиб, юзларидан ўпиб олинг.


Киноялар ортида бор соғинчимиз,
Етим севгим меҳрингизга ўраб қўйинг.
Ҳар замонда тил учида бўлса ҳамки,
“Яхшимисиз” деб ҳолимиз сўраб қўйинг.


Ёнингизда қололмадик узр ёрим,
Зайнабга йўл бўшатдигу, чекка бўлдик
Айрилиқнинг куйин чалар юрак торим,
Лек қалбингиз ичра ёлғиз, эрка бўлдик.

ДИЛДОРА АБДИНАЗАРОВА

Каналга аьзо бўлиш

@sherlar_olami_n1
1.2K views𝓐𝓵𝓶𝓪𝓼𝓫𝓮𝓴, 05:01
Ochish/sharhlash
2022-10-21 20:01:37 Ota - Ona

Yomgʻir edim bor ekanda tinishlar .
Magʻrur edim boshim egdi sinishlar .
Yoʻqlamadi meni tanish bilishlar .
Bunday kunda otang sarbon boʻlarkan.
Gʻamlar egsa onang darmon boʻlarkan. . .

Abad dedim omadimning qoyalarin.
Tark etmas deb baxtu iqbol soyalarin .
Gulni suyib suymapmanda poyalarin .
Tosh otsalar otang qoʻrgʻon boʻlarkan.
Gʻamlar egsa onang darmon boʻlarkan.

Doʻstlar topdim goʻyo tikonga oʻxshar .
Soxta gulin tökib bagʻringni oʻrtar.
Davring ötsa shu zamon tashlab ketar .
Shunda faqat otang qalqon boʻlarkan.
Gʻamlar egsa onang darmon boʻlarkan.

Ular uchun ne qilolding ayt ne naf ?
Berolganing dardlar tashvishlar bir saf .
Umr oʻtar gʻanimat bil ey sadaf .
Sen dard cheksang otang gʻamnok boʻlarkan.
Har dardingga onang darmon boʻlarkan. . .

To kutguncha begonaning yoʻllarini.
Tavof etgin otang onang poyalarini .
Topasanmi baxsh etgan yil oylarini .
Butun umri tashvishingda oʻtarkan...
Faqat ota onang darmon boʻlarkan. . .
1.5K views𝓐𝓵𝓶𝓪𝓼𝓫𝓮𝓴, 17:01
Ochish/sharhlash