Get Mystery Box with random crypto!

Yig'lama O'ksima armoning baxt yutib ketsin, Yomg'irlar ko'z | DADASI

Yig'lama

O'ksima armoning baxt yutib ketsin,
Yomg'irlar ko'z yoshing artib ketsin.
Bari yomon tushdek jim o'tib ketsin,
Yig'lama, Zulxumor yig'lama ortiq.

Boshingdan baxtlarni sochishar bir kun,
Sen qilgan duolar ushalar bir kun.
Orzularing eshik qoqishar bir kun,
Yig'lama, Zulxumor yig'lama ortiq.

Bevafoni sendek qiz uvoli tutsin,
Vaqt o'tib Allohdan visol tilasin.
U seni sog'inib shunday yashasin,
Yig'lama Zulxumor yig'lama ortiq.

Qo'ygin kuyinmagin qisqa umrimiz,
Bir kun bu dunyodan o'tib ketamiz.
Qiyomatda hisob-kitob qilamiz,
Yig'lama Zulxumor yig'lama ortiq.

MUNISA  ARG'UVON
01.09.2022.    09:00


@sherlar_olami_n1