Get Mystery Box with random crypto!

AYTGIN MENI SEVARMIDING Yuragim yulib bersam Ko'ksini tili | 💖MUHABBAT BEKATI💖

AYTGIN MENI SEVARMIDING




Yuragim yulib bersam
Ko'ksini tilib bersam
Ming pora qilib bersam
Aytgin meni sevarmiding


To'kilsam yaproq misol
Sochilsam tuproq misol
Sevsamda bilmay visol
Aytgin meni sevarmiding


Ishqingda jonim halak
Buncha parvoying falak
Kuydirib qo'yma malak
Aytgin meni sevarmiding


Sochlaring bo'ynimga dor
Sog'inchdan ko'nglimda qor
Suyganim bilarding yor
Aytgin meni sevarmiding


Dilimga olov solding
Hayolim o'zing olding
Kelmaydimi tan olging
Aytgin meni sevarmiding


Ko'changda kutardim men
Chorlasang borardim men
Pinxona boqarding sen
Aytgin meni sevarmiding


Ko'nglim quvongandida
Senga ishongandida
Otashdek yongandida
Aytgin meni sevarmiding


Hijron o'tdi oradan
Menday baxti qoradan
Xol so'rmay bechoradan
Aytgin meni sevarmiding






Muallif: Muhammad Ali Zokirjonov