Get Mystery Box with random crypto!

Unutmang, to'rt qizim mening baxtimdir. Iltimoslariga binoan. | SHERLAR

Unutmang, to'rt qizim mening baxtimdir.
Iltimoslariga binoan.
Gʻamdan qaddim egib, yurmayman nochor,
Uyim sarishtali farishta bozor,
Unutmang, kimlardir bir tirnoqqa zor,
Ko'nglim shod, to'rt qizim mening baxtimdir.

Uyimda anvoyi gullar o'sadi,
Dilimning zaharin butkul kesadi.
Mendan jahannamni yuzin to'sadi,
Jannatga eltuvchi to'rt qiz baxtimdir.

Tillolar kerakmas, ming zardan a'lo
Yuragim qo'rida yaraqlar jilo,
Nolisam gunohdir,gunohdir zero,
Qalbim oshuftasi, to'rt qiz baxtimdir.

Bir kuni ketadi yor yorlar aytib,
Deyman, qani vaqtlar qolsaydi qaytib,
Ko'rmasam qolarman tinchim yo'qotib,
Unutmang, to'rt qizim mening baxtimdir.

IRODAXON QOSIMOVA.
11.05.2023.  20:10.



https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q



anba: @sherlar


        #like_boss