Get Mystery Box with random crypto!

BO'YDOQLIK HAYR... Bugun baxt to'la uying Uylanding yura yur | SHERLAR

BO'YDOQLIK HAYR...

Bugun baxt to'la uying
Uylanding yura yura,
Bo'yningda ola hurjun
Bo'ydoqlik hayr, jo'ra.

Atrof to'la sanamlar
Oh ko'zlar qolar kuya.
Endi yoningda yoring
Bo'ydoqlik hayr, jo'ra.

Tun yarim,qorinlar och,
Ming hilda taralgan soch,
Chidab kelding na iloj
Bo'ydoqlik hayr, jo'ra.

Telegramda suzmaysan,
Asablaring buzmaysan.
Qiz qidirib yurmaysan
Bo'ydoqlik hayr, jo'ra.

Parol o'ylab qo'y mundoq,
Tirjayib turgin shundoq.
Kunda yeysan qovurdoq
Bo'ydoqlik hayr, jo'ra.

Shakalad sol kissaga,
Ko'z qisma Alisaga.
Hayot boshla ertaga
Bo'ydoqlik hayr, jo'ra.

Havas qilarding doim
Bo'libsanmi muloyim,
Baxtli bo'lgin ilohim
Bo'ydoqlik hayr, jo'ra.

IRODAXON QOSIMOVA.
10.05.2023. 17:05.


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q



anba: @sherlar


        #like_boss