Get Mystery Box with random crypto!

Bu medalni bobomlarga bergan ekan, O'sha mahal bobom qaddin ke | SHERLAR

Bu medalni bobomlarga bergan ekan,
O'sha mahal bobom qaddin kergan ekan.
Bo'lgan ekan bobojonim ajib mergan.

Olislardan bizga ne'mat olib kelgan,
Cho'ntagiga tinchlik nurin solib kelgan.
Vatan uchun jonin bergan ,jonin bergan,
Bo'lgan ekan bobojonim ajib mergan.

Qancha do'sti olis yurtda qolgan emish,
Kelar yo'lda yarim yo'lda tolgan emish.
Bobomizni eltgan emish samodan qush,
Shu tufayli shu medalni olgan emish.

Ushbu medal qancha qonni korgan ekan,
Termulgan ko'z intiq jonni ko'rgan ekan.
U doimo bobom bilan yurgan ekan,
Ko'ksi uzra doim mag'rur turgan ekan.

Ko'rgan ekan ushbu medal qancha ko'zni,
Tuproqlarga bolam degan singan so'zni,
Qaytib aslo tishlanmagan non-u tuzni,
Tuproqqa tik singgib ketgan intiq yuzni.

Ko'ksim uzra taqajakman shu kun fasli,
Ko'ksimdagi turgan medal bobom asli.
Shu medalda bobojonim qaddin kergan,
Bobojonim bo'lgan ekan ajib mergan.

Surayyo Xatamova


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q



anba: @sherlar


        #like_boss