Get Mystery Box with random crypto!

Ikkinchi jaxon urushi FAXRIYSI Partizan Xoshimov Otajon xotira | SHERLAR

Ikkinchi jaxon urushi FAXRIYSI Partizan Xoshimov Otajon xotirasiga bagʻishlab
Farzandlari Xoshimova Alomatxon Buyurtmasiga binoan Ushbu she'r yozildi.

MENING PARTIZAN DADAM

Mening dadam urushda,
Qahramonlik koʻrsatgan.
Yakson qilib dushmanni,
Yurtga tinchlik oʻrnatgan.

Qadamlar bosib ildam,
Ezgu niyatda har dam.
Mardlarla boʻlib birdam,
Yovlarni yengan dadam.

Bir zum o'ylamay o'zin,
O'limga boqib koʻzin.
Yoriq qilay deb yuzin,
Yovlarni yengan dadam.

Farzandlar-u doʻstu yor,
Yoʻl qarab kutganda zor.
Alloh boʻlib madadkor,
Yovlarni yengan dadam.

Mardligingiz dillardan,
Qolmas hamon tillardan.
Jon talash manzillardan,
Sog' omon qaytgan dadam

Bu vatanga bizlar ham,
Jon fido qilsakda kam,
G'alaba tomon ildam,
Qadamlar qoʻygan dadam.

Men shu inson farzandi,
Lolagul asal qandi.
Bita she'r yozdim tanti,
Yovlarini yengan dadam.

G'urur nomus orimsiz,
Faxrim sharafshonimsiz.
Dildan o'chmas yodimsiz,
Mening Partizan dadam.

Yozildi: 08.05.2023
Muallif: Alixon Toʻra
KANALIMIZ