Get Mystery Box with random crypto!

KECHIRMAYMAN Ko’zingizni yoshlab keling achinmayman, Hiyonatn | SHERLAR

KECHIRMAYMAN

Ko’zingizni yoshlab keling achinmayman,
Hiyonatni yuragimdan o’chirmayman.
Qanday sizni quchoq ochib kutib olay,
Damingizni oling endi kechirmayman.

Yuravering endi boylar quchog’ida,
Tishlarimni izi qolgan qulog’ida,
Yonib bo’ldim axir sevgi firog’ida,
Damingizni oling endi kechirmayman.

Oddiyligim yoqmas edi bir bor eslang,
Qancha milyon kerak bo’lsa endi so’rang,
Faqat ko’z yosh qilib menga ertak aytmang,
Damingizni oling endi kechirmayman.

Bevafosiz endi menga qilmang xavas,
Qora ko’zlar shirin so’zlar kerak emas,
Sochlaringiz uzun edi aqlingiz pas,
Damingizni oling endi kechirmayman.

Lablaringiz titrab ketar zor yig’laysiz,
Qancha azob tortganimni siz bilmaysiz,
Bitta shirin so’zimga ham arzimaysiz,
Damingizni oling endi kechirmayman.

00:05.01.05.2023

Muallif: Qodir Qaxxor


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q



anba: @sherlar


        #like_boss