Get Mystery Box with random crypto!

Onajonim, men ham ro’za tutaman! Bismillohdan xolis boshlay s | SHERLAR

Onajonim, men ham ro’za tutaman!

Bismillohdan xolis boshlay so’zimni,
Inshaalloh olis boshlay izimni,
To’g’ri yo’lga keyin boshlay o’zimni,
Gunohlardan tiyib boshlay ko’zimni,
Onajonim, men ham ro’za tutaman!

Hayot saroblarga to’lib ketmasin,
Yana haroblarga to’lib ketmasin,
Men sabab hech kimsa so’lib ketmasin,
Ummat ham jannatsiz o’lib ketmasin,
Onajonim, men ham ro’za tutaman!

Iftor dasturxonin tuzatay o’zim,
Zam-zam suv, xurmodan uzatay o’zim,
Bobo-buvim Hajga kuzatay o’zim,
Buzilgan qalblarni tuzatay o’zim,
Onajonim, men ham ro’za tutaman!

Jannat ifori-la keldi Ramazon,
Ko’klam sabosi-la yeldi Ramazon,
Birlashtirib xalqni, elni Ramazon
To’xtatdi bo’ron-u selni Ramazon,
Onajonim, men ham ro’za tutaman!

Qazo bo’lib ketmasin namozlarim,
Alloh qabul aylasin namozlarim,
Savobi mo’l va gunohi ozlarim,
Qo’shilinglar ey do’stlar – dil sozlarim,
Onajonim, men ham ro’za tutaman!

Rayyon eshigidan kiraylik bir kun,
Jannatning to’rida ko’raylik bir kun,
Allohdan shafoat so’raylik har kun,
Umrimiz ziyoga o’raylik har kun,
Onajonim, men ham ro’za tutaman!

Dindoshlar, dilimiz ham nurga to’lsin,
Xonadonimiz ham sururga to’lsin,
Albatta farishta va hurga to’lsin,
Qalbimiz quvonch-u g’ururga to’lsin,
Onajonim, men ham ro’za tutaman!

Allohdan tilaymiz doim shafoat,
Tark etmasin ikki dunyo saodat,
Ohiratda ko’ray odil shaxodat,
Musulmonga shudir eng yaxshi odat,
Onajonim, men ham ro’za tutaman!

Bir umr jannatdan darak kutaman,
Allohimdan butun tilak kutaman,
Uni qish, bahor, yoz, kuzak kutaman,
Nafasim joynamoz uzra yutaman,
Onajonim, men ham ro’za tutaman!



https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q



anba: @sherlar


        #like_boss