Get Mystery Box with random crypto!

Seni ilk bor uchratgan onim... Baxt taftini his qildi jonim... | SHERLAR

Seni ilk bor uchratgan onim...
Baxt taftini his qildi jonim...
Qo‘llaringni tutganim mahal,
Yashnab ketdi ko‘ngil osmonim...

Sen shunchalar go‘zalsan gulim,
Va quvnoqsan, loladek so‘lim.
Poyingga bosh qo‘ygan muhabbat,
Bag‘ringga bosh qo'ygandir dilim...

Ushalmagan orzu bo‘lmaydi,
Orzularsiz yurak to‘lmaydi.
Bu dunyoda hech qaysi inson,
Sevmay turib sira o‘lmaydi...

Qo‘llaringga uzuk taq on,
Baxt taftini his qildi bu jon.
Yorim deya aytganim mahal,
Yashnab ketdi qalbimda osmon.

Odilbek Qodirov

https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

anba: @sherlar

#like_boss