Get Mystery Box with random crypto!

TASHLAB KET... Ketarsan bagʻrim tilib, Kuydirding kulib kul | SHERLAR

TASHLAB KET...

Ketarsan bagʻrim tilib,
Kuydirding kulib kulib.
Iltimos bergin yulib
Yuragimni tashlab ket.

Faqat isming aytguvchi
Seni eslab kutguvchi.
Yigʻlab alam yutguvchi,
Yuragimni tashlab ket.

Ogʻrisa ham dod demas,
Hijron joylarga kelmas.
Sensiz dildan hech kulmas,
Yuragimni tashlab ket.

Sogʻinchdan boʻlgan tilim,
Otashday yonar dilim.
Shu bilar borki sirim
Yuragimni tashlab ket.

Uyqusiz tunlar dildosh,
Senga boʻlmaydi sirdosh.
Koʻzdan oqizmayin yosh,
Yuragimni tashlab ket.

Samoga sirin aytgan,
Ne sinovlardan oʻtgan.
Sitamlar jonga tekkan,
Yuragimni tashlab ket.

Sokinlik kerak unga,
Joylay chiqmas tugunga,
Qabr tayyorlay shunga,
Yuragimni tashlab ket.

Yongani yetar shuncha,
Chekdi azob yetguncha.
To baxt uyga yetguncha
Yuragimni tashlab ket.

IRODAXON QOSIMOVA.
18.01.2022. 18:30

https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

anba: @sherlar

#like_boss