Get Mystery Box with random crypto!

'Yuragimda deyman' Gulnoza Alimjonova Gulnoza Alimjonova | SHERLAR

"Yuragimda deyman"

Gulnoza Alimjonova

Gulnoza Alimjonova she'ri


Ichim og'riyabdi, xech kas bilmaydi,
Og'rig'im ismingga chunon bedaxil.
Sening aloqang yo'q, sen pok beayib,
Faqat suratlarim chexrangga yaqin.

Tasanno bu qadar iltifot uchun!
Shukurkim beayov yondirding jonim.
Uyaldim! Sen uchun bu qadar mexr,
Xudoning qoshida sharmandaligim!

Xasta hayotimga kirib kelding-u,
Zora exson uchun bo'lmading tabib.
Va yo men topmadim ko'nglingdan qadr,
Bo'lolmading yo sen mening Maxramim.

Bariga qo'l siltab ketmoqchi edim,
Yengilmoqchi edim sabrlarimga.
Men go'zal tuyg'uga yetmoqchi edim,
Alhazar! Qoldimmi qaxrlaringga?

Kelasan qadaming tekkan tuproq gul,
Tobora o'zimdan begonaligim.
Farg'ona osmonin egallar bulut,
Zulayxodek badar, devonaligim.

Qo'llaringda uzuk ko'zingda savol,
Menga bu qismating adolatmi ayt?
Kumushning firoqi gadoyi etgan,
O'sha Otabekning yo'llaridan qayt..!


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

anba: @sherlar

#like_boss