Get Mystery Box with random crypto!

Ilk kechinmam shunday. Kecha ancha o'ylandim oilaga raxbarlik | April rain 🌧| BLOG

Ilk kechinmam shunday.
Kecha ancha o'ylandim oilaga raxbarlik qilish juda masulyatli ish ekan. Bu yerda 1 og'iz so'z ko'p narsani xal qilar ekan. Yoshim yetdi uylanaveraman degan bilan bo'lmaydi ekan, qancha qancha oilalar o'zaro kelisha olmay oilani parokanda qilib yuborishyapdi. Sabab xar ikki yosh xali tayyor emas oilaviy xayotga. Tayyor degani faqat biologik balog'at emas xam aqliy xam ruxiy xam jismoniy yetuklik bolishi tushuniladi.
Endi o'zim xaqimda, xammada xam kamchilik boladi shu qatori bizda xam
Ayol kishini qovurgadan yaratgan unga qattiqlik qilib togirlayman desang sindirib qoyasan, o'z xoliga qoysang qiyshiq xolida qolib ketadi. Shu gap togri ekan. Yaxshi gap bilan o'z yo'linga yurgazishing xam bir san'at ekan.
Olamlarni yaratgan qodir xudo ozing yangi yosh oilalarga oilaviy munosabatlarida yengillik ato etgin.