Get Mystery Box with random crypto!

Sherali Turdiyev

Telegram kanalining logotibi sherali_turdiyev — Sherali Turdiyev S
Telegram kanalining logotibi sherali_turdiyev — Sherali Turdiyev
Kanal manzili: @sherali_turdiyev
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 103
Kanalning ta’rifi

Dasturlash bo'yicha kerakli savol-javoblar, maslahatlar va shu kabi ma'lumotlar berib boriladi. Hamda o'zimni turli xil fikr-mulohazalarimni ham berib boraman.

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-08-27 14:55:50
So'z boshi

X asrning atoqli musulmon olimlaridan andalusiyalik Ibn Rushd umri davomida faqat ikki kecha kitob o'qimagan ekan: biri uylangan va ikkinchisi otasi vafot etgan kechada.

Tobe'inlardan Urva ibn Zubayr roziyallohu anhu hayotida bir marta kitob (Qur'on) o'qishni tark qilgan. Qorason boshlangan oyog'i kesib tashlanganda og'riq zo'ridan hushini yo'qotgani sabab kitob o'qiy olmay qolgan...

Rahmatli adib Ahmad Muhammad Tursun ning "Dunyoni tebratkan buyuklar" rukni ostida yozilgan kitoblari shunday so'z boshi bilan boshlangan. Naqadar rost va dolzarb muammo. Adibimizning joylari jannatda bo'lsin, kitoblari shunchalik qisqa va hikmatlarga boy. (9 ta kitob va har biri 100 bet atrofida)
208 views11:55
Ochish/sharhlash
2021-08-18 11:52:42 Dasturlash eshiklarini oson ochishni istaysizmi, sizga Senior yordam beradi.

Biror vazifani qilishda ko'p vaqt ketyaptimi? Yoki katta muammoli loyihalarga hali duch kelmadingizmi?
Nimanidur xato qilyapmanov yoki to'g'ri yo'li qanaqa ekan deb o'ylayapsizmi?
International loyihalarni portfolioga qo'shishni va ertaroq yuqoriroq darajaga chiqishni xohlayapsizmi?
Har maqomga yo'rg'alash joningizga tegdimi? Demak sizga ustoz kerak.

Koreayada ko'p yillik ish tajribasiga ega va hozirda SAP kompaniyasida dasturchi bo'lib ishlayotgan birodarimiz Sardor Vaqqosov loyihalar qilishda shogird qidiryapti ekan.
Doim ham bunaqa imkoniyat bo'lavermaydi, uztoz topishga shoshiling!

Sizga nima foydalari bor:
- Kuchli ustozli bo'lasiz. Kuchli bo'lishga tez va to'g'ri yo'ldan borasiz.
- International projectlardan tajriba olasiz.
- Kuchli jamoada va muhitda ishlaysiz
- Zamonaviy texnologiyalar(Kubernetes, docker, golang, microservices, AWS, GCP) bilan tanishasiz
- Nafaqat dasturlash balki DevOps, Software Architecture Design lar haqida ham bilimlarga ega bo'lasiz
- Maosh ham olasiz

Rest Apis, nodejs, SQL, mongodb, git da tajribaga ega bo'lsangiz
@svaqqosov ga murojaat qiling

Darvoqee, InterView.uz da ham suhbat qilishni rejalayapmiz.
1.4K viewsedited  08:52
Ochish/sharhlash
2021-08-04 08:05:27
Rust 1-o'rinda.

Stackoverflowning navbatdagi 2021 yil so'rovnomasiga ko'ra rust tili yoqtirilgan tillar ichida eng topni egallabdi.

Batasil Surveyni ko'rish
244 viewsedited  05:05
Ochish/sharhlash
2021-08-03 09:34:38 Dasturlashda kuchli Ustoz izlayapsizmi?

Hozirgi darajangizdan yuqoriroqqa ko'tarilmoqchimisiz. Ustoz bilan ketsangiz, kuchli dasturchi bo'lish ehtimoli ancha yuqori. Self studydagi qo'pol xatolarni qilmasdan borishni o'rgatadi. Bilib qo'ying xatolaringizni umringiz, yillaringiz bilan to'laysiz. Kuchli bo'lsangiz maoshingiz ham katta bo'ladi, lekin eng muhimi emas bu.

Koreyadagi kamtargina do'stimiz Senior Lead, WebGL, Front-end Developer, olimpiyadachi Muhriddin Ibragimov loyihalarini qilishga shogird qidiryapti ekan. Imkoniyatdan qo'ldan boy bermang.

Sizga nima foydalari bor:
- Kuchli ustozli bo'lasiz. Kuchli bo'lishga tez va to'g'ri yo'ldan borasiz.
- International projectlardan tajriba olasiz.
- Kuchli jamoada va muhitda ishlaysiz
- Maosh ham olasiz


Elon bo'yicha batafsil malumot:
shu yerda

Muhriddin bilan youtube kanalimizda suhbat qilganman. Yaqinlarga ham ulashing.
1.4K viewsedited  06:34
Ochish/sharhlash
2021-08-03 07:08:34 Ким бир китобни икки марта ўқиса, демак иккита китоб ўқибди.
(Abdulfattoh Kilito)
214 views04:08
Ochish/sharhlash
2021-08-02 13:37:41
Kitoblar ko'payishida siz ham homiy bo'ling!

IT ga doir o'zbekcha kitoblarimiz juda kam, borlari ham eskirgan. Ularni ko'payishi va optimallashishi uchun ko'pchilik qo'llab-quvvatlashi kerak deb o'ylayman, ayniqsa yaxshi yozilgan bo'lsa. Sohangiz, yo'nalishingiz boshqa bo'lsa ham sotib oling.

Sizga nima foydasi bor:
1. ilm uchun xizmat qilgan bo'lasiz
- yangi bilimlar olasiz
- kitob yozuvchi ilmiy-xodimlarni ko'payishiga rag'bat qilasiz
- Ilmiy nashriyotlarni qo'llab-quvvatlagan bo'lasiz.
- Maqsadingiz qorin g'ami emas, ilm g'amiligini isbotlaysiz
2. Bilimli mutaxassislar ko'payishiga hissa qo'shasiz.
3. Ajr-savoblar yomg'iri ostida qolasiz.
- Sovg'a qilib, kimnidir xursand qilasiz.
- Bir muhim farzni bajargan bo'lasiz.
- Kimgadur ehson qilishingiz mumkin.
4. Kitob yozmoqchi bo'lsangiz, ustunlik va kamchiliklarini ko'rib, yaxshiroq kitob yozasiz.
... (va yana ko'plab foydalari bor)
201 viewsedited  10:37
Ochish/sharhlash
2021-07-31 08:57:00 ​​Biz farzandlarimiz ta’limi va tarbiyasi uchun reja tuzganmizmi?
Ularni 18 yoshida qanday ko’rishni istardik?

Keling, “uyda bolalar ta’limi va tarbiyasi (homeschooling)” sohasida mashhur ustoz onalardan Zohra Sarvari tajribasini ko’rib chiqib, o’zimiz uchun o’rnaklar olaylik.

1-qism

Zohra Sarvari hozirda AQShda “uyda bolalar ta’limi va tarbiyasi” faoliyati bilan shug’ullanib, tajribali muslima ona sifatida farzandlarga ta’lim va tarbiya berishda eng yetakchi tarbiyachi ustozlardandir. Zohra Sarvari - insonlar uchun yoshligidan poydevor qurish asosida yozilgan 15ta kitob muallifi, ayollar va bolalarning baxtli hayot kechirishlarini qo’llab-quvvatlaydigan murabbiya, biznes sohasida ham tajribali mutaxassis sifatida tanilgan ayoldir.

Hozirda Zohra Sarvari 4 farzandning onasi, “uyda bolalar ta’limi va tarbiyasi” faoliyati bilan juda mashhur, va bu faoliyati samarasini farzandlari hayotida ko’ra olgan ona sifatida tanilgan. Bilamizki, AQSh, Kanada kabi davlatlarda, ko’plab musulmon oilalar - jamiyatdagi ma’lum muammolar ichida, farzandlarini o’z millati va musulmonligini saqlab qolgan holda yetuk shaxs qilib yetishtira olish uchun “uyda bolalar ta’limi va tarbiyasi (homeschooling)” ni afzal ko’rishmoqda. Va, bu - o’z o’rnida yaxshi, xattoki a’lo natijalar ham ko’rsatmoqda.

Zohra Sarvaridan: “Farzandlaringiz uchun nega “uyda bolalar ta’limi va tarbiyasi” ni afzal ko’rdingiz?”- deb so’ralganda, shunday javob bergan:

“Rosululloh sollallohu alayhi vasallam davridagi ta’limga qaradim va unda ustoz-shogird uslubida dars o’tilganini ko’rdim. Va, o’sha davr musulmonlarida, mehr-muhabbat, samimiylik, tartib-intizom kabi insoniylik tuyg’ulari eng yuqori darajada bo’lganini payqadim. Buning sirini bilish uchun ko’p izlandim. Bildimki, farzandlar uchun uydagi ta’lim va tarbiyaning ahamiyati buyukligini tushunib yetdim, va maktab ta’limi va tarbiyasini uyda berishni boshladim. Avval o’zimdan so’radim: farzandlarim 18 yoshga to’lganda, ular qanday bo’lishini xohlardim?
“Moddiy tarafdan, farzandlarim o’z uylari, moshinalari yoki xohlagan narsalari erishishlari mumkin. Ammo, ruhiy jabhada, ular o’zlaridagi iymon kabi buyuk ne’matning nima ekanligini qadrlolmaydi. Aksincha, yaqinlari va begonalarga nisbatan hurmatsizlik, xohlagan so’zlarini ayta olishlari - oddiy tus olsa, onalarini ham qadr-qimmatini e’tibordan qoldirmaydilarmi?” - deb ko’p o’yladim.

Alaloqibat, bunday reja qildim:

Mening farzandim 18 yoshga to’lganida:
- Qur’onni yodlagan bo’lishi;
- eng yaxshi axloq egasi bo’lishi (Rosulluloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlariga uyg’un yashashi);
- eng yaxshi kitoblar muallifi bo’lishi;
- eng yaxshi nutq qobiliyatiga ega bo’lishi (Xalqaro konferensiyalarda erkin ravon gapira olishi);
- 14 yoshida o’rta maktabni tugatib, universitetda yaxshi ko’rgan mutaxassisligida o’qishni boshlashini”.

Aziz onajonlar, keling birga farzandlarimiz uchun oilaviy maqsadlar qo’yamiz va ushbu savolga aniq javob berishga harakat qilamiz.
“Men farzandimni 18 yoshga to’lganda qanday ko’rishni xohlayman?” Bu savolga javob berish farzandlarimiz uchun kunlik rejalarimizni tuzishimizda juda muhim ro’l o’ynaydi.

Biz reja tuzib harakat qilamiz, va ishonamizki albatta Allohning rejasi biznikidan mukammaldir!

Kamola Ummu Ibrohim tarjimasi

@muallima_ona
187 views05:57
Ochish/sharhlash