KEChIKDIM! Sensizlikda yashash bir azob Sogʻinchingda, toʻgʻr | BUXOROLIKLAR..
KEChIKDIM!
Sensizlikda yashash bir azob
Sogʻinchingda, toʻgʻri ichikdim
Sen aytkandek bir kun emas
Tan olaman ming yil kechikdim
Xatto imkon, bermading menga
Xech qalbinga topolmadim yoʻl
Soʻngi soʻzim, aytaman senga
Nima derdim, endi baxtli boʻl
Qoʻllaringni menga berganding
Sezgan edim titroqlaringni
Ishonmasdan, kaftimdan bugun
Tortib olding, barmoqlaringni
Ne qilardim, buyam taqdirda
Bu ham Alloh bergan sinovda
Sengacha ham, toblangan jonim
Sengacha ham, yongan olovda
Hali xayot oldinda deding
Umid berib koʻnglim koʻtarding
Umidsizlik jariga bugun
Oʻzing yana meni itarding
Men chidayman, dardlarga ishon
Taqdir boshga, nelar soladi
Senga boʻlgan, muxabbatim ham
Sheʼrlarimda mangu qoladi
Senga endi baxtlar tilayman
Yaratganim, qodir Xudodan
Sen uchun deb, yaraldi bu sheʼr
Koʻz yoshlaru, soʻngi vidodan
Sensizlikda, qolish bir azob
Men sogʻindim, senga ichikdim
Xuzuringa bormoqlik uchun
Bir kungina, bir kun kechikdim!
Kechirishing uchun kechikdim .