Get Mystery Box with random crypto!

Qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhiti taʼminlanadi | Shayxontohur tuman hokimligi Matbuot xizmati

Qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhiti taʼminlanadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodir Jumaev hamda Sanjar Аsadullaevlar Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputatlari bilan birgalikda “Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʼgʼrisida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi boʼyicha targʼibot tadbirlarida faol ishtirok etishmoqda.

Targʼibot tadbirlarida Konstitutsiyaning yangi loyihasida mustahkamlab qoʼyilayotgan davlatning bozor munosabatlarini rivojlantirish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini taʼminlash, halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratish boʼyicha majburiyatlar belgilanayotganligi, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi, tadbirkorlarning qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni mustaqil tanlashi va amalga oshirishga haqli ekanligi toʼgʼrisida soʼz bordi.

Тelegram Facebook Instagram  Twitter  YouTube