Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi hamda | Shoir shayboniy👍👍

Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi hamda
Samarqand yosh ijodkorlar Kengashi tomonidan

TANLOV!

Samarqand yosh ijodkorlar Kengashi yoshlarning vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni kitobxonlikka targʻib etish, mutoala madaniyatini shakllantirish maqsadida "Kitob - soʻnmas ziyo" tanlovini eʼlon qiladi!

Tanlovda 14-30 yosh toifasidagi barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda oʻzingiz oʻqigan istalgan badiiy asarga sharx yozasiz va
@uygonish_qabul manziliga 30-noyabr kun yakuniga qadar yuborasiz.
Kitob haqidagi shaxsiy fikr - sharxingiz iloji boricha qisqacha ammo kitob mohiyatini ochib bera oladigan boʻlishi talab etiladi.
Sharxlar
@samarqand_ijodkorlar_kengashi kanalida chiqarib boriladi.

Ishtirokchilarga qoʻyiladigan talab tanlov eʼloni mavjud matnni kamida 5 ta guruh yoki kanalga ulashishingiz hamda biz tekshirib koʻrishimiz uchun ushbu ulashilgan eʼlon nusxasi(skrinshot)ni ham yuborishingiz kerak boʻladi
Maqsadimiz siz kabi kitobxon hamda iqtidorli, faol yoshlarni oʻz safimizga chorlash va keyinchalik turli loyihalar orqali birlashtirish.

Gʻoliblar soha mutaxassislari hamda Samarqand yosh ijodkorlar Kengashi Tashkiliy qoʻmitasi tomonidan baholanadi va eʼlon qilinadi.



I oʻrin sohibi - Iqbol Mirzoning "Bonu" asari, "Uygʻonish" loyihasi uchun 50% vaucher;
II oʻrin sohibi - Chingiz Aytmatovning "Qiyomat" asari, "Uygʻonish" loyihasi uchun 40% vaucher;
III oʻrin sohibi Odil Yoqubovning "Diyonat" asari "Uygʻonish" loyihasi uchun 30% vaucher bilan shuningdek I-II-III darajali diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadilar.
Shuningdek eng yaxshi deb topilgan 10 ta sharx mualliflari ham ragʻbatlantiriladi.

Samarqand yosh ijodkorlar Kengashi Tashkiliy qoʻmitasi.

Kanalimizga ulaning:
Telegram | Instagram