Get Mystery Box with random crypto!

​3 oylik bepul “Mexatronika – robototexnika” onlayn o'quv kurs | SHaxzod G'iyosiddinovich

3 oylik bepul “Mexatronika – robototexnika” onlayn o'quv kursi tashkil etilmoqda

Respublika taʼlim markazi va “TRANSFORMERS Education” o'quv markazi hamkorlikda Texnologiya fani oʻqituvchilarining mexatronika-robototexnika bo'yicha bilim va ko'nikmalari oshirish maqsadida bepul 3 oylik “Mexatronika – robototexnika” onlayn oʻquv kursini o'qitish dasturini ishlab chiqqani haqida xabar bergan edik.

O'quv kursini tashkil etish yuzasidan o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra, 75% Texnologiya fani o'qituvchilari onlayn kurslar tashkil etish taklifini bildirgan.

Ko'p sonli oqituvchilar takliflarini inobatga olgan holda, “Mexatronika – robototexnika” onlayn o'quv kursiga start berildi.

Onlayn o'quv kursiga roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling:
@RTM_Texnologiya_malaka_oshirish

Ro'yxatga olish 25-noyabr kuniga qadar davom etadi.

O'quv kursining birinchi darsi Texnologiya fanining maqsad vazifalariga bag'ishlangan ochiq dars tarzida o'tkaziladi. So'ng dars oluvchilar telegram ijtimoiy tarmog'ida maxsus guruhlarga boʻlingan holda, Zoom platformasi orqali o'quvlarni davom ettiradilar. Darslar platformalarda ishtirokchilar bilan ikki tomonlama aloqa o'rnatilib, zarur savollarga munosabat bildirilgan holda tashkil etiladi.

Kanalga obuna bo`lish:
Telegram|Facebook|Instagram