Get Mystery Box with random crypto!

G'arb jamiyati bizdan ko'ra ma'naviyatliroq, farovonroq hamda | 249

G'arb jamiyati bizdan ko'ra ma'naviyatliroq, farovonroq hamda odamgarchilik bobida ildamroq ekanligi haqida.

Jamiiyki sohalarda g'arbdan orqadamiz. Buni bilardim. Lekin, odamgarchilik va vatanparvarlik bobida ham orqada ekanmiz ulardan. Chunki, kelajagi buyuk bo'lgan millat hech qachon ta'limga siyosatni va korrupsiyani aralashtirmaydi.
Ha azizlar. Biz buyuk millat emasmiz. Shunchaki, televizorda ko'p eshitib yubordik bu gaplarni. 21-asrda biz nima kiyishni kelisha olmayabmiz. Qanday qiyofada yurganimiz ma'qulroq ekanligini hal qilolmayabmiz. Millat gipnoz ahvolda. Oshqozon va seks, ko'p daromadli hamda kam mehnatli turmush tarzi millat uchun bosh maqsad cho'qqisiga aylanib ulguribdi. Yoshlar uchun konspekt yozish — ta'lim. Konspektni tekshirtirish esa — natija.
O'qituvchilar uchun sinfni jilovlash — maqsad.
Maosh esa — yutuq.
Rahbardan gap eshitmaslik — bayram!
Uy va mashina — boylik va hayotda barcha narsaga erishganlik belgisi.

Afsus!