Get Mystery Box with random crypto!

10.000 soat qoidasi Bu qoida haqida bir martta bo'lsa ham esh | Kerak

10.000 soat qoidasi

Bu qoida haqida bir martta bo'lsa ham eshitgan bo'lsang kerak. Eshitmaganmisan? Unda bugun shu haqida gaplashamiz.

10.000 soat qoidasi muntazamlikka, intizomga asoslanuvchi qoida. Sen o'z sohangda professional bo'lishni xohlaysanmi? 10.000 soat shug'ullan!

Agar 10.000 soatni kuniga 3 soat shug'ullanib o'tkazmoqchi bo'lsang, sen taxminan 10 yil o'tib o'z sohangda professional darajasiga yetar ekaning. Eng qiziq joyi shu yerda boshlanadi: nega professional bo'lish uchun 10 yil kutish kerak? Nega kuniga 10 soatlab shug'ullanish imkoniyati bo'lsa ham, faqat 3 soat ajratasan? Agar har kuni 10 soat shug'ullansang, o'ylab ko'rdingmi, Karl, boshqalar 10 yilda yetadigan yo'lga sen 3 yilda yetasan! Mana nimaga muvaffaqiyat yosh, vaqt tanlamaydi. U mehnatni tanlaydi...

Soddaroq aytsam, sendan oldin yo'lga chiqqan avtomobilni quvib o'tish uchun u bilan bir vaqtda start olish shart emas, shunchaki tezlikni oshir va sen muddatidan oldin marradasan...

Professional huquqshunos bo'lmoqchimisan, 10.000 soat mashq qil! Professional SMM mutaxassisi bo'moqchimisan 10.000 soat mashq qil! Professional dasturchi bo'lmoqchimisan, 10.000 soat mashq qil! 10.000 soat...

Telegram | Bot | (91) 327 32 31
Admin: Musoxon | (94) 551 71 80