Get Mystery Box with random crypto!

​​Yuqoridagi ovozlarni koʻrdim, aksariyatingiz 25 gacha yoshda | Personal Blog

​​Yuqoridagi ovozlarni koʻrdim, aksariyatingiz 25 gacha yoshdasizlar. Tarkibiy qismi 15-20 yoshdagilar ancha. Mana shularning hammasi keyingi 7-8 yil ichida butun bir hayotini qurish uchun fundament qoʻyishgan, qoʻyishmoqda..

18-25 yosh oraligʻidagi vaqt hayotimizning eng muhim davri hisoblanib, siz bun paytda oʻz kelajagingizni qurasiz.

Bu yoʻlda sizga halaqit beradigan narsalar: munosabatlar(sevgi, muhabbat), zararli odatlar(ichish, chekish va h.k) notoʻgʻri dunyoqarash, dangasalik va h.k

Bularning ichida eng xavflisi munosabatlar!

Endi buyogʻi turmush qurmagan erkaklarga tegishli. Sababi o’zim shunaqaman.

Muhabbat bu juda go’zal tuyg’u, kapalaklar, qushlar, gullar…

E, bo’ldi eee

Hullas, bollar sizga bu narsa hozir kerak emas. Sizga hozir eng muhim narsa bu cash flow. Pul oqimi. Mustaqil va erkin bo’lish. Rivojlaning, oyoqga turing, mustahkam fundament quring. 3 yil hech bo’lmasa o’zingizni maqsadlaringiz yo’lida o’zingizni ishga “arenda”ga bering.

Hozirgacha puli bor lekin kelishmagan erkakni ko’rmaganman. Moddiy tomondan oyoqga tursangiz, to’kilgan sochni ham, tishni ham joyiga qo’ysa bo’ladi. Munosabatlar oson mavzu emas.

Qoʻpol qilib aytganda "tugʻdirib qoʻyish" hammaning qoʻlidan keladi. A Keyinchi? Bolangga nima berasan? Xotiningga nima berasan? Shaxs sifatida ularga nima bera olasan? Gentra’mi? Yoki yaltiroq ko’rpa-to’shakmi?

Men munosabatlarni qanday ishlashini tushunish uchun ko’p vaqtni boy berganman, keyin bilsam gap boshqa joyda ekan. Gap o’zimizda. Nima, oyingni chiroyli o’g’li bo’lganing uchungina seni kimdir yaxshi ko’rib qolishi kerakmi?

That’s bullshit man. Really.

3 yil qattiq ishlagin, keyin istalgan munosabatni qurasan. Eng muhimi, ana o’shandagina sen oila qurishga tayyor bo’lasan, ma’suliyatni olishga tayyor bo’lasan. Bekniyoz degan bachcha, Baqay tog’ang, Shaxzod degan bachchaga ma’suliyatni tashlab qo’yib ishni hal qilolmaysan.

Oldin lashvushlarni hal qil.

Go, bro

@shaxsiy_tushuncham