Get Mystery Box with random crypto!

#Hafizah ulgʻayib nimalarni tushundi? Katta boʻlgan sari, si | 🌱Kütüphanem🌱

#Hafizah ulgʻayib nimalarni tushundi?

Katta boʻlgan sari, siz kamroq va'da berasiz , chunki koʻzingiz yetmagan narsalar haqida gapirmay qoʻyasiz.
Sizni sevdirish qiyin, tashqi koʻrinish bilan maftun etish esa, deyarli imkonsiz boʻlib qoladi.
Biror nima deyishdan oldin, uzoq sukut qilasiz, har bir soʻzni obdon oʻylaysiz..keyin katta ehtimol bilan hech narsa demay qoʻya qolasiz.
Insonlarni butunlay boshqa sifatlar bilan baholaysiz.
Ishonchsizlik sizga juda yaqin doʻst boʻlib qoladi.
Kimnidir sevib qolsangiz, bu uzoq muddatlik, ehtimol butun umrlik boʻlishi mumkin.
Kamroq yigʻlaysiz, chunki siz oʻzingizni ancha kuchli his qila boshlaysiz.
Kulgu ortiga ichingizdagi muammolarni uddaburonlik bilan berkita olasiz.
Gavjum, shovqin joylarda oʻtirolmaysiz, odamlar bilan gaplashganda koʻzlariga qarab haqiqatni koʻzlardagi javoblardan qidira boshlaysiz.

Bu–vaqtidan oldin qarish deb oʻylaysizmi?
Yoʻq.
Bu oddiy, hayotiy tajriba..
Hozir aynan sizda ham shu holatlar kuzatilayotgan boʻlishi mumkin..