Get Mystery Box with random crypto!

​​Ramazonni kutib olishimizga atigi 9 kun qoldi! ⠀ Va nihoyat | 🌱Kütüphanem🌱

​​Ramazonni kutib olishimizga atigi 9 kun qoldi!

Va nihoyat qalbimiz malhami 12 oy sultoni Ramazonimiz kelmoqda
Robbimiz ushbu Ramazonda gunohlarimizdan forig' boʼlib, roziligiga erishishimizni nasib qilsin. آمين

Ramazon bir imkoniyat ekanligini unutmagan holda hayotingizga yanada eʼtiborli boʼling. Hayot rutinimizga qoʼsha olmayotgan odatlarni qoʼshishga bir imkoniyat boʼla olishi shubhasiz:

– Sabrsizlik qilib yaxshi odatlarni shakkllantirolmay, yomon odatlardan qutilolmay yurganlar uchun bir imkoniyat.
– Yillar davomida erta uygʼonolmayotgan, tahajjudga turishni odat qilolmayotganlar uchun bir imkoniyat.
– Ilm olishni xohlab, lekin kitob mutolaasini boshlay olmayotganlar uchun bir imkoniyat.
– Ibodatlarni davomiy qilolmayotganlar uchun bir imkoniyat. (Namoz, Qurʼon tilovati va hkz)

Ushbu Ramazonning barakali va savob toʼla kunlarini oʼzingiz uchun sarflang, nima qilishingizni rejalashtirishni unutmang. Ishoning juda foydali boʼladi bifazlillah.

Ps. oʼzim ham Ramazonda vaqtimni oilam bilan hamda oʼz rivojim uchun sarflash niyatidaman. (Ijtimoiy tarmoqlardan uzoq boʼlgan holda)

#ramazan