Get Mystery Box with random crypto!

Junior dasturchi bo'lmang! Junior Job/Birinchi ishni olish q | Shaxsiy IT-blog

Junior dasturchi bo'lmang!

Junior Job/Birinchi ishni olish qiyin, IT sohasida kadrlar yetishmovchiligi deyishgani bilan, O'zbekistonda juniorlar va internshiplar bozori sustroq. Shuni hisobiga internlar ko'pincha qanday qilib ish topsam ekan deb, tanishlari bn gaplashadi, yoki nima qilsam ekan deb ish qidirib yuraveradi. Bunday paytlarda ish topishni bir yo'li bu junior dasturchi bo'lmaslik. Ya'ni, o'zingizni allaqachon ishi bor dasturchi deb o'ylab, ularni kunlik ishlarini qila olishingizni ish beruvchiga ko'rsatish. Buning uchun quyidagi 12ta maslahatni ulashaman:

1. Portfolio website qurish
2. Frilans proektlarda ishlash. Tanish bilishlar, frilans platformalardagi eng arzon ishlarni olib, qilib koo'rishga harakat.
3. Githubda o'z kodlaringizni ulashish va boshqa github repolarni o'qish.
4. Open source proektlarda qatnashish.
5. Hakatonlarda qatnashish.
6. Boshqa dasturchilar, communitylarda qatnashish va ularga ish qidirayotganligingiz haqida aytish.
7. Sohangizdagi yangiliklarni o'qish.
8. Har doim o'z ustingizda ishlash va yangi ko'nikmalarni o'rganish.
9. Rezyumeingizni har bir ishga topshirganingizda, yangi loyiha qilganingizda yangilash va tanishlaringiz yordami uni yaxshilash. ( Bepul Rezyume yaratish )
10. Ish qidirish (Kanallar, saytlar va ish topshirsh platformalarini ko'rib chiqing)
11. Tayyor bo'lmasangiz ham juda ko'p joylarga topshirish va intervyulardan o'tish. Intervyudan o'tganingiz sari yangi narsalarni o'rganasiz.
12. O'xshamasa yana shu 12 qadamni qaytarish.

Ro'yxat shu sayt yordamida tuzildi: https://skillcrush.com/blog/land-junior-web-developer-job/
Junior dasturchi bo'lmang original maqolasi: https://zerotomastery.io/blog/dont-be-a-junior-developer-the-roadmap/
@nuruddinblogs