Get Mystery Box with random crypto!

Bugun ajoyib jamoaviy kun bo’ldi. Yakshanbaga qaramasdan jamo | Shaxriyor|Blog

Bugun ajoyib jamoaviy kun bo’ldi.

Yakshanbaga qaramasdan jamomiz bilan ertalabdan trening otdik, treningni mavzusi “Time menejment” bo’ldi, effektiv ishlash uchun nimalarga etibor berishimiz kerakligi haqida so’z yuritdik.

Undan keyin Yaponiyada keng tarqalgan o’yin o’ynadik, bu o’yinda ikkta jamoa bo’ladi, va qaysi jamoaning binosi eng baland bo’lsa shu jamoa yutadi.
O’yin juda qiziq kechdi, bu o’yin yana jamoaviy ruhni ko’tarish, va jamoaviy ishlashni bizga o’rgatdi.

O’yindan keyin fokusimizni ushlab produktimizni yaxshilash ustida ishladik, ishingni yaxshi ko’rsang shanbami, yakshanbami bilinmas ekan.

Jamoamdagilarni barchasini yaxshi ko’raman, bizni kelajagimiz in shaa Alloh porloq.