Get Mystery Box with random crypto!

Sizni baxtsizligingiz kim sababchi? Bilasizmi atrofimizdagi | Psixolog-Safiya | Rasmiy kanal

Sizni baxtsizligingiz kim sababchi?

Bilasizmi atrofimizdagi insonlarni baxtli yoki baxtsizligiga faqat (men) ya’ni oʻzimizni oʻy hayollarimiz sabab boʻladi.

Ayniqsa oilada Ota onani farzandlarini baxtli yoki baxtsizligi, boy yoki kambag’aligiga ta’siri boʻladi. Bu oʻy hayollarimizni kuchlarini ilg’ab olish uchun haqqoniy qalbimiz yoʻlida yura olishim kerak boʻladi (niqoblarsiz).

Shu yerda koʻpchilik toʻxtab qoladi.
Xammasi atrofimizdagi insonlarga bogʻliq boʻlsa, “ota - onam qalbi yoʻlida yashamasa, oʻy hayollari ustida ishlamasa nima qilishim kerak axir ? “ deb, oʻzlari bilmagan holda ayblab pastki ong oʻchamlarida yashashni tanlaydilar.

Oʻzim qanday yoʻl tutdim?

Hamma ma’suliyatni oʻz zimmamga oldim, hammasi uchun Minnatdor boʻldim va oʻzimni oʻy xayollarimni tozaladim va buni davom ettirayabman.

Agar bugun sizni eringiz bilan munosabatingiz sevgida boʻlmasa, siz farzandingiz tomonidan qadrlanmayotgan boʻlsangiz, hayotingizda yetarlicha pul boʻlmasa, qalban sevgini his qila olmayotgan boʻlsangiz men sizlardan uzur soʻrayman.

Demak men oʻz ustimda kamroq ishlayabman, demak men sizlar harakat qilishingizni talab qilyabman. Demak oʻzim uchun koʻproq istayabman.

Buni tan olgunimcha ancha vaqt kerak boʻlyabdi yillar, tajribalar, bazida quvonch, bazida og’riqlar orqali oʻzimni asliyatim tomonga yetib kelyabman, siz ham kelasiz albata.

https://t.me/Shaxnoza369