Get Mystery Box with random crypto!

Eron generali Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilganligi haqidagi an | «Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi

Eron generali Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilganligi haqidagi animatsion video

Qosim Sulaymoniy Iroqning Bagʻdod shahrida AQShning “MQ-9” hujumkor dronidan otilgan AGM-114
raketasi bilan o‘ldirilgan. Maykl Pompeoning maʼlum qilishicha, hujum Isroil buyurtmasi asosida amalga oshirilgan.

Shu o‘rinda, Qosim Sulaymoniy Eronda Oliy rahbardan keyingi ikkinchi muhim shaxs edi. U Iroq va Suriyani IShIDdan tozalagan, 26 ta harbiy amaliyotda va Eron-Iroq urushida qatnashgan, Vladimir Putin bilan uchrashib uni Suriyadagi terrorga qarshi kurashga chaqirgan. Shundan so‘ng, Rossiya Suriyada terrorga qarshi operatsiyalar boshlagan. Shuningdek, u Al-Quds brigadasi rahbari bo‘lgan.

Al-Quds - Eron tashqi siyosatini yuritishdagi muhim vosita boʻlib, bajaradigan ish hajmi jihatidan uni AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi va maxsus boʻlinmalari bilan qiyoslash mumkin.

Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi Jon Maguayr 2013-yilda uni Yaqin Sharqdagi eng nufuzli shaxs deb atagan.


@Sharqshunos_tahlilchilar