Get Mystery Box with random crypto!

Assad va Erdog'an O'zbekistonda uchrashishi mumkin Eronning T | «Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi

Assad va Erdog'an O'zbekistonda uchrashishi mumkin

Eronning Tasnim agentligi xabariga ko‘ra, ShHT Davlat rahbarlarining 2022-yil 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan sammiti doirasida ikki davlat rahbarlari uchrashishi mumkin.

Vladimir Putin Bashar al-Assaddan ham Shanxay sammitida ishtirok etishni so‘ragan, agar Bashar al- Assad uchrashuvda qatnashsa, Turkiya va Suriya Prezidentlari o‘rtasida muloqot bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Prezidenti Rejeb Tayyib Erdog‘anga Sochiga safari chog‘ida Vladimir Putin tomonidan Shanxay uchrashuvida ishtirok etish taklifi bildirilgan va u ham ishtirok etish ehtimoli borligini maʼlum qilgan edi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube