Get Mystery Box with random crypto!

Arab bahori Arab ommaviy chiqishlarining uchinchi to'lqini 20 | «Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi

Arab bahori

Arab ommaviy chiqishlarining uchinchi to'lqini 2010-yil 17-dekabrda Tunisda meva sotadigan savdogar Muhammad Buazzaziyning politsiya o'zboshimchaligi va poraxo'rligiga qarshi norozilik bildirib, Sidi-Buzid shahar maydonida namoyishkorona o'z-o'ziga o't qo'yishi natijasida boshlandi. Tunis to'ntarishi muvaffaqiyatli tugaganligi sababli, norozilik to'lqinlari Misr, Liviya, Suriya, Iroq, Bahrayn, Yaman, Iordaniya, Marokash, Jazoir, Ummon, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Sudan, Mavritaniya va boshqa arab mamlakatlariga yoyilib ketdi. Arab dunyosidagi namoyishlarning asosiy shiori Odamlar rejimni qulatishni istashadi ("Ash-shab yurid isqat an-nizam") bo'ldi. Shu tariqa, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlarida ommaviy tartibsizliklarning ketma-ket avj olishi arab bahori (arab. "الربیع العربۑ") degan atamaning paydo bo’lishiga zamin yaratdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram| Instagram| Facebook| You Tube