Get Mystery Box with random crypto!

Maxzun bo'lma             Shayx Oiz Al Karniy ...Hech qachon | Shamchiroq

Maxzun bo'lma
            Shayx Oiz Al Karniy

...Hech qachon mahzun bo'lma!
Chunki qayg'u seni o'tmishingdan bezovta qiladi.Kelajakdan xavotirga soladi oqibatda bugungi kuningni yo'qotasan...

...Hech qachon mahzun bo'lma!
Chunki qalb qayg'u bilan ovora bo'lib ruhing so'nib yuzing nuri ketadi orzu umidlaring yo'q bo'ladi...

...Ey ulug' banda mahzun bo'lma!
Chunki qayg'u dushmaningni  hursand qiladi,do'stingni mahzun qiladi,qayg'u sababli haqiqatlarni ko'rolmay qolasan...

...Mahzun bo'lma!
Chunki qayg'u g'am yo'qotgan narsani qaytarib beradi...

...Mahzun bo'lma!
Agar gunohkor bo'lsang tavba qil,yomon ish qilgan bo'lsang istixfor ayt,xato qilgan bo'lsang isloh qil.Allohning rahmati keng tavba eshiklari ochiqdir...

...Mahzun bo'lma!
Agar g'amga botsang asablaring taranglashib vujudingni qiynab bedor qilasan...

...Mahzun bo'lma!
Qo'lingdan ketgan narsaga g'am chekma bittasi ketgan bo'lsa qo'lingda Alloh Taoloning ne'matlari bor.Agar Allohning ne'matlarini sanasang sanog'iga yeta olmaysan...

...Mahzun bo'lma!
Hasadgo'ylarni tanqidlariga parvo qilma.Chunki ularning so'zlariga sabr qilishdan senga ajr mukofot bor.Seni tanqid qilishlari qabringni berkitadi.Doim istixforda bo'l chunki parvardigorim tavbalarni qabul qilguvchidir.Alloh aytadi istixfor aytgan bandalariga parvardigoringiz Allohdan mag'firat so'ranglar albatta u o'ta mag'firatli bo'lgan zotdir.Istig'for aytgan odamlarni ustidan yomg'ir yog'adi.Mol-u dunyosi ko'p bo'ladi.Faqat ishonishlik kerak bunga...

...Mahzun bo'lma!
Kasallik albatta ketadi.Musibatlar albatta ko'tariladi.Gunohlar kechiriladi.Qarzlar uziladi.Ketganlar albatta qaytib keladi.Albatta yomonlar o'z jazosini oladi...

...Mahzun bolma!
Odamlarga yaxshilik qilar ekansan albatta mushkullaring yengil boladi...

...Mahzun bolma!
Senda eng katta nemat bor.Chunki sen tavh kalimasini aytganlardansan musulmonsan qo'lingni duoga ochganlardansan sen mahzun bo'lma...

...Mahzun bo'lma!
Sen hayotning yengil-og'ir issiq sovuq faqir boy holatida ham foyda olasan.Rasululloh aytganku: Mo'minning ishi ajablanarli qanaqa kun kelmasin uning foydasiga. Yaxshi kunga yetsa Allohga shukr qiladi savob oladi.Mashaqqatli kun kesa sabr qiladi yana savob oladi.Bu faqat kimga berilgan.Mahzun bo'lmaydi musulmon odam...

...Mahzun bo'lma!
Axir senda Qur'on bor zikr duo bor.Axir senda namoz ehson kabi savobli amallar bor.Boshqalarda yo'q bu narsa.Kim hohlardi dunyoda iymoningni berasan dunyodagi hamma hohlagan narsangni beraman desa qaysi mo'min hoxlabdi shuni.Odamlarni haqini yeyayotgan tuxmat qilayotganlar ham o'ladi.Lekin Alloh taoloning huzuriga borganda kim yutug'da boladi.Hayot vaqtincha kim  o'lmaydi...?

...Mahzun bo'lma!
Qora bulutlar tarqaganini  qorong'u tunni yorishganini  shamollarni to'xtaganini ko'rmaganmisan.In Shaa Allah mashaqqatlaring rohatga hayoting yorug'likka kelajaging ne'matga to'lib boradi...

...Mahzun bo'lma!
Agar keng dunyo tor bo'lib ketgan bo'lsa ishlaring og'irlashsa Yaa Allah deb nido qilgin...

...Mahzun bo'lma!
Agar oldinda chora qolmasa,yo'llar berkilib qolsa,umidszilik bostirib kelsa Yo Alloh degin...

Abdulloh domla

@shamchirooq