Get Mystery Box with random crypto!

Sokin tunlar qayg'u ko'zlarimda Tinmay eslab, orzu yuragimda B | Shahzoda

Sokin tunlar qayg'u ko'zlarimda
Tinmay eslab, orzu yuragimda
Bejon endi sevgim xayolimda
Tinmay seni ro'yodan izlayman
Har on sevgi, orzu shahridaman
Xayol ichra baxtim qasridaman
Qanday senga so'zlarim yetkazay
Faqatgina orzuingda yashay
Mahzun tunlar orzu xayolimda
Ma'yus yig'lab, qayg'u ko'zlarimda
Bejon endi sevgim xayolimda
Tinmay seni ro'yodan izlayman
Ijozat ber, har dam orzularingda yashay
Ijozat ber, tunlari yulduzing men bo'lay
Unutib bilmayman, orzudan tonmayman
Nega ojiz yuragimni buncha qiynaysan
Ijozat ber, tushlaringda mehmoning bo'lay
Ijozat ber, har dam orzularingda qolay
Sevishdan tinmayman, orzudan tonmayman
Tushungin, axir senda yuragim, bilmaysan
@Shahzoda