Get Mystery Box with random crypto!

​​​​2021 yil Shahrisabzda eksport sal kam 2 million AQSH dolla | Shahrisabz shahar hokimligi

​​​​2021 yil Shahrisabzda eksport sal kam 2 million AQSH dollari miqdoriga yetgan. Byudjet rejasi 106 foizga bajarilib, 285 milliard soʻmlik loyihalar amalga oshirilgan.

Shahrisabz shahar hokimi Akrom Sulaymonov Xalq deputatlari tuman Kengashining 55-sessiyasida aholiga murojaat qildi. Unga koʻra:

Shahrisabzda 2021 yil eksport rejasi 1,9 mln AQSH dollar boʻlib amalda 1,91 mln AQSH dollariga bajarilgan.

Shuningdek 2,0 mln AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiya oʻzlashtirildi.

Byudjetga mablagʻ toʻplash rejasi 57,5 mlrd. soʻm boʻlib, amalda 61,4 mlrd. soʻmga yaʼni 106,7 foizga yoki 3,9 mlrd soʻmga ortigʻi bilan bajarilgan.

2022 yilda 398,0 mlrd. soʻmlik sanoat mahsulotlari, 165,9 mlrd. soʻmlik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqariladi, 320,9 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari amalga oshiriladi, 805,9 mlrd. soʻmlik xizmatlar koʻrsatiladi. Chakana savdo aylanmasini 1 trln 185 mlrd. soʻmga yetkaziladi.

Shaharda 2022 yilda ishsizlik va qisqartirish maqsadida 7588 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Kanalga ulanish
@Yazdurdiyev