Get Mystery Box with random crypto!

Qutlug‘ kuning muborak elim! Necha yillar o‘tdi oradan Necha | Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Qutlug‘ kuning muborak elim!

Necha yillar o‘tdi oradan
Necha baytlar bitdi qo‘llarim.
Vatan noming mangu qalbimda
Qutlug‘ kuning muborak elim!

Xorazmiylar o‘lkasi o‘zing,
Butun olam ochgan tilsimin.
Yulduz ko‘rgan Ulug‘bek ko‘zi
Qutlug‘ kuning muborak elim.

Amir Temur tug‘i dunyoni
Bir bayroqda qilgandi taslim.
Faxr bo‘lsin - o‘zbek o‘g‘loni,
Qutlug‘ kuning muborak elim.

Kimni aytay, Navoiy, Bobur
Qalamiga yot erur o‘lim.
O‘tkir qalam shoir yurti bu
Qutlug‘ kuning muborak elim.

Elim ozod, hur bo‘lsin deya,
Jonin kuydirdi bobolarim.
Yangilandi jug‘rofiya
Qutlug‘ kuning muborak elim.

Qodiriy bor, Cho‘lponlaring bor -
Qalb qo‘rimda yoniq chirog‘im.
Noming oqlab o‘tganlar bor
Qutlug‘ kuning muborak elim.

Boshlab bergandi Gaspirali
Kirib keldi-ku yangi ilm.
Jadid bobomning orzulari -
Qutlug‘ kuning muborak elim.

Mustamlaka azoblaridan
Omon qolgan jon o‘zbek tilim.
Asragaymiz seni yovlardan
Qutlug‘ kuning muborak elim.

Renessansga hamohang bo‘l,
Qalqoning bo‘lay Senga o‘zim.
Mana bugun jahon tutar yo‘l
O‘ttiz bir yosh muborak elim!

Shahina Usmonova Shahrisabz
davlat pedagogika instituti talabasi