Get Mystery Box with random crypto!

Man ishlashni xohlamayapman( Qayerdadir man dangasalik tanani | Shahboz Athamov

Man ishlashni xohlamayapman(

Qayerdadir man dangasalik tananing tabiiy funktsiyasi ekanligini o'qigandim. Shunday qilib, u energiyani saqlaydi. Ammo nega biz har bir odamni dangasa deb atay olmaymiz? Keling shu haqida gaplashamiza

Ko'pincha, barchasi o'sib-ulg'ayish jarayonida olingan tajriba va odatlarga bog'liq. Kimdir bolaligida tayoq bilan kaltaklangan va barcha vazifalarni bajarishini nazorat qilingan, kimdir esa o'zi qachon istasa usha vaqt qilishiga ruhsat berilgan.

Bu, albatta bo'rttirilgan, ammo mohiyati aniq. Har bir inson turli yo'llar bilan tarbiyalangan va bu asosiy rolni o'ynaydi. Manimcha sizlar ham bilasizlar, har kim yomon odatlardan xalos bo'lish qanchalik qiyin ishligini. Ayniqsa, bu odatlar siz bilan bolalikdan yelkama-yelka yurganda juda qiyin.

Shuning uchun, bazilar tinimsiz ishlashga o’rgangan va ishini qilib bo’lib keyingina dam oladi va kimdir esa, aksincha uzoqroq dam olish uchun ishni oxirgi daqiqaga qoldiradi.

Siz qaysi insonlar turiga kirasiz???

@shahbozathamov