Get Mystery Box with random crypto!

#Bismillah Bir kun kelib unutish uchun hamma narsani òchiram | 𝕊𝕙𝕒𝕓𝕟𝕒𝕞.𝕦𝕫

#Bismillah

Bir kun kelib unutish uchun hamma narsani òchiramiz, akkauntni, kanallarni, teleģramni, telefondagi qadrli rasmlarni, nomerlarni balki xotiralarni ham..

Bir kun kelib, ustimizdan tuproq tashlaganda esa bizni unuta boshlaydilar, avval hayotida yòq bòlamiz, keyin xotiralarda òchirilamiz eng achinarlisi esa, borimizni baģishlagan qalbidan butkul UNUTILAMIZ...

Shunday kunlar keladiki, bizga shiringina tuyulgan dunyodan, gunoh va savoblarimizdan boshqa hech narsa qolmaydi..

Taqdirimiz Alloh taolo tomonidan qalam bn yozilgan bòlsa, vaqt xuddi òchirgichga òxshaydi. Òtayotgan har bir soniyamizni òchirayotgande, òchirib-òchirib bir kun shu vaqtimiz tugar ekan, dunyoni nimasini sevdik bilmay qoldim..

Har bir òtayotgan soniyamiz qaytmas ekan, undan tòģri foydalanishni òrganaylik. Internetdan, vaqtdan foydalanishlikni bilaylik, izlanaylik, ilm olaylik...
Atrofga qalbdagi zarracha iymoniz bilan qarab kòringchi..
Qachongacha shayton allasiga uxlamoqchimiz..

@Shabnam_uzz