Get Mystery Box with random crypto!

DIQQAT Shu kunlarda bizga yetib kelayotgan xabarlar orasida | Shakhzod Shermamatov(official page)

DIQQAT

Shu kunlarda bizga yetib kelayotgan xabarlar orasidan ijtimoiy tarmoqlarda aholi uchun kompyuter xizmatlari tashkil qilinib, davlat xizmatlarini onlayn ko‘rsatish bo‘yicha takliflar bo‘layotgani haqidagi ma’lumot e’tiborimizni tortdi.

Siz ASLO bu kabi usullardan foydalanmang! Begonalarga shaxsiy ma’lumotlaringizni yoki identifikatsiya tizimlaridagi login va kalit so‘zlaringizni bera ko‘rmang!

My.gov.uz orqali elektron davlat xizmatlaridan shaxsan o‘zingiz yoki faqat oila a’zolaringiz ko‘magida foydalaning.

Muammo yoki tushunmovchiliklar kelib chiqsa, 24/7 tartibida ish olib boruvchi “1242” qisqa raqamli Call-markazimiz bilan bog‘lang.

@MyGovUz | @eGovUz