Get Mystery Box with random crypto!

#taqdimot #savollar #takliflar SAVOL-JAVOB VAQTI KELDI! Shu | SGSMS Company

#taqdimot #savollar #takliflar

SAVOL-JAVOB VAQTI KELDI!

Shu kungacha
Choose and Build loyihasining taqdimoti INNO-innovasion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkida, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasida, Toshkent shahar hokimiyatida va boshqa koʻplab nufuzli tashkilotlarda boʻlib oʻtdi, lekin berilgan savollar bir-biriga oʻxshash yoki taqdimot mukammal boʻlgani sababli umuman savol berilmadi.

Barchaga maʻlumki hali yangi boʻlgan loyihaga berilgan tanqidiy savollar uning kamchiliklarini yopilishiga va oʻsishiga sabab bo'ladi.

Shuning uchun sizlardan oʻzingizni qiziqtirgan savol va takliflarni shu postdan keyin qoldirishingizni soʻraymiz.

P. S. Toshkent shahar hokimiyati investitsiyalar va statistika boʻlimlarining yordami bilan bizning loyihamizga endilikda siz respublikada joylashgan barcha ishlab-chiqaruvchi tashkilotlarni topa olasiz.

Har bir savolingiz bilan loyihaning rivojiga oʻz hissangizni qoʻshishingiz mumkin!


Contact | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website