Get Mystery Box with random crypto!

“Mirzo Ulug’bek vorislari” tanlovining Respublika bosqichi 19- | SGSMS COMPANY

“Mirzo Ulug’bek vorislari” tanlovining Respublika bosqichi 19-21 may kunlari bo’lib o’tadi.

“Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga asosan o‘tkazilayotgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining 1-2 bosqichlari mart-may oylarida tuman/shahar va viloyatlar kesimida bo’lib o’tdi.

Tanlovning Respublika bosqichi 19-20-21 may kunlari Toshkent shahridagi INNO Texnoparkida bo’lib o’tadi. Unda ishtirokchilar o’z loyihalari taqdimotini respublika komissiya a’zolariga namoyish etishadi.

Eng yaxshi deb topilgan 100 ta ishtirokchi BHM ning 20 barobari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.