Get Mystery Box with random crypto!

​Qancha azob bersa qalbimga Faqat uni yoʻqlayveraman. Dard q | SEVISHGANLAR ❤️

Qancha azob bersa qalbimga
Faqat uni yoʻqlayveraman.
Dard qoʻshsa ham kunda dardimga
Faqat uni qoʻmsayveraman.

Sogʻinaman tunlari bedor
Koʻzlariga boʻlaman xumor
U boʻlmasin qancha dilozor
Faqat uni qumsayveraman.

Yuragimni ezsa ham alam
Topmasam ham birorta malham
Atrofimda garchi koʻp odam
Faqat uni qumsayveraman.

U sevadi mendek yomonni
Boʻyniga ham olgan hijronni
Bu dunyoda bitta insonni
Faqat uni qumsayveraman.

Kun ketdidan kunlar oʻtadi
Yuragimni alam yutadi
Men kutaman u ham kutadi
Faqat uni qumsayveraman.

Baxtli kunlar keladi hali
Birga oʻtkazamiz hushhon damlarni
Parvona bir shamga intilgan kabi
Faqat uni qumsayveraman.


𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | @Sevishganlar -