Get Mystery Box with random crypto!

​Boʻlmas Har ahmoqqa aytma dardu soʻzingni, Hasrat oʻti jismi | Sevimlilar uchun 🥰

​Boʻlmas

Har ahmoqqa aytma dardu soʻzingni,
Hasrat oʻti jisming yoqqancha boʻlmas.
Gʻussa bilan dona-dona koʻzingdan
Achchiq yoshlaringni toʻkkancha boʻlmas.

Qanoatda, izzatda tut oʻzingni,
Tama qilib, sargʻaytirma yuzingni,
Har nomardga hayf aylama soʻzingni,
Soʻzingning binosin yiqqancha boʻlmas.

Magʻrur boʻlib kezma umring guliga,
Duch boʻlarsan bir kun xazon yeliga,
Yuz yil yashab tushsang ajal qoʻliga,
Oʻngingdan chapingga boqqancha boʻlmas.

Koʻngli qora bilan boʻlmanglar ulfat,
Yuqar undan turli-tuman kasofat,
Koʻmirga har necha aylasang izzat,
Manglayga qorasi yuqqancha boʻlmas.

Maxtumquli hargiz topmadi omon,
Yomon tilning zahri tigʻlardan yomon,
Yomon til yonida zahri koʻp ilon
Chaqsa-da, bir chivin chaqqancha boʻlmas.


Maxtumquli