Get Mystery Box with random crypto!

Demak ko'rsatkichlar. Tongda yaxshi muomala bilan uyg'otish | Sevimli ayol boʻlish sirlari

Demak ko'rsatkichlar.
Tongda yaxshi muomala bilan uyg'otish +100$
Bog'cha va maktabda nimalar qilganiga qiziqish bildirish +100$
Birga yaxshi muomalada dars qilish +100$
Juda yosh bo'lsa Ertak aytib berish +100$
Odob va diniy ta'lim haqida tushuncha berish +100$
Har doim undan o‘z fikrini bildirishini so‘rash va bunga imkon berish +200$
Xatolar qilganda qo'pol muomala qilmay, bunday harakatlari oqibati nima bo'lishini ilm bilan tushuntirish +200$
Ko'pchilik oldida xato qilsa ham urishmasdan chiroyli tushuntirish +200$
Har gal uni yaxshi ko'rishingizni va undan umidiz katta ekanini aytganizda +200$
Xato qilgan bo‘lsa ham lekin buni tan olib Haqiyqatni gapirganda, uni aynan haqgoyligi uchun kechirganingizni aytish +200$
Uning haqqiga duo qilganingizda +200$
Ota onasini bir biriga yaxshi muomala qilganini ko'rganda +200$
Oilaviy sayrlarga chiqish +300$
O‘z yoshiga mos biron yaxshi natijaga erishganda uni maqtash yoki mukofatlash +300$
Har kungi Halol Rizqi uchun +400$
Qiziqqan to‘garagiga berish (mayli vaqtinchalik bo'lsin) +400$
Oila yoki farzand tarbiyasi to'g'risida o'qigan har bir kitobingiz va qatnashgan kursingizga +400$
(Chunki siz ruvojlansangiz unga ta'siri katta)

Endi ko‘rsatkichlar
Qo'pol muomalada uyg'otish -100$
bog'cha va maktabdagi hayoti haqida gapirganda uni tinglamaslik -100$
Birga Dars qilishdan o‘zizni olib qochganingizda -100$
Yosh bo‘lsa urib yoki so'kib uxlashga majburlash -100$
Bola yonida harxil sgaret-nos va spirtli ichimliklar iste'mol qilish -100$
Yosh bolasan deb o‘z fikrini bildirishiga imkon bermaslik -200$
Xatolari uchun so'kib berish -200$
Xatolari uchun Urish -300$
Kopchilik oldida so'kib berish -300$
Kopchilik oldida urish -400$
Har gal hech narsa qo'lidan kelmasligini aytib bironta hayvonga qiyoslab so'kib berganizda -300$
Yolg'on gap bilan vaziyatdan chiqishni o‘rgatsangiz yoki o'zingiz o'rnak bo'lsaningizda -300$
Halol bo'lmagan rizq uchun -400$
Har gal Ota onasini janjalga guvoh bo'lganida -400$
O‘zi qizziqqan sohasida to'garaklarga borishiga imkon bermaganizda -500$
oila va farzand tarbiyasi bo‘yicha bironta kitob o‘qimay yoki kursga qatnashmay o'tkazgan oyingiz uchun -500$

Har ikki ro'yxatga ham o'zingiz yana punktlarni qo‘shishingiz mumkin.

Yuqoridagi holatlarni Har biri takrorlanganda faqat natijani ya'ni + va - ko'rsatkichni yozib borasiz.
Umumiy natijani kunlik va haftalik hisoblab borishingiz mumkin.
Agar yakunida yuqoridagi $10.000 kammaygan bo‘lsa, bilingki farzandingiz kelajagiga salbiy ta'sir etmoqdasiz. Agar ortgan bo'lsa demak sizlar Yaxshi Ota-onasizlar

Albatta sinab ko‘ring

https://t.me/sevimli_rafiqa_sirlarii