Get Mystery Box with random crypto!

Uzun ko'ylak, ro'mollari yarashgan O'z badanin shamoldan ham a | SevgiM YuragiMda❤️(rasmiy✔️)

Uzun ko'ylak, ro'mollari yarashgan
O'z badanin shamoldan ham asrashgan
Sevgi faqat Allohga deb sanashgan
Muslimalar ayting endi qanisiz?

Hozir moda Hijob o'rab yurishlar
Qomatlarlarin ko'z ko'z qilib turishlar
Hijob o'rab hatto shimlar kiyishlar
Muslimalar ayting endi qanisiz?

Hijob sizga ibo hayo niqob bo'ldi
Chin oshiqlar muhabbati sarob bo'ldi
Hatto Hijob nomiga ham isnot bo'ldi
Muslimalar ayting endi qanisiz?

Aytmang yana osilma deb ro'molga
Jannat izlab berilmang hech hayolga
Bir savolim imonli qalb ayolga
Muslimalar ayting endi qanisiz?

Hech ishim yoq sizdek orsiz qizlarga
Ko'nglim og'rib she'r ham bitdim sizlarga
Murojatim chin muslima qizlarga
Muslimalar ayting endi qanisiz?

Bunyod Salom

Kimga yuborishni bilasiz

Kanalga kiring

https://t.me/sevgim_yuragimda_kartinkalar